Kapital
Kapital (nemischa Kapital, lotincha capitalis-bosh, asosiy), Sarmoya-keng ma’noda o’z egasiga daromad keltirish xususiyatiga ega bo’lgan jami vositalar va mablag’lar; yangi qiymat keltiruvchi, o’zini o’zi ko’paytiruvchi qiymay. Tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarish uchun kishilar tomonidan yaratilgan resurslar; tor ma’noda ishlab chiqarish vositalari ko’rinishidagi ishga qo’yilgan, ishlab turgan daromad manbai (ashyoviy Kapital). Kapitalning paydo bo’lishiga tovar ishlab chiqarish, tovar muomalasi dastlabki shart hisoblanadi.