Kapitulyatsiya
Kapitulyatsiya (lotincha capitulo-kelishaman, shartnoma tuzaman)-1) quruqlik, havo va harbiy dengiz kuchlari yoki ularning qismlari tomonidan harbiy harakatlarni to’xtatish va dushmanga taslim bo’lish. Kapitulyatsiyada, odatda, barcha harbiy texnika, qurol-yarog’, mudofaa inshootlai g’olibga topshiriladi, shaxsiy tarkib esa asirga olinadi; 2) xalqaro huquqda qarshilik ko’rsatishni to’xtatish va davlatning harbiy kuchlarini topshirish. Odatda, mag’lub davlatga majburiyatlar (siyosiy, iqtisodiy, harbiy va hokazolar) yuklash bilan birgalikda kichadi.