Knyaz
Knyaz (slavyancha)-1) qabila boshlig’i, davlat yoki aloha mulk hukmdori. Knyaz (nemischa Furst) o’rta asrlarda Germaniyada maxsus imtiyozlarga ega bo’lgan oliy imperiya aristokratiyasi vakili. Aholisi roman tillarida so’zlashuvchi mamlakatlarda Knyaz unvoni prince (lotincha princeps-birinchi so’zidan) so’zi bilan ifodalanadi. Rossiyada Knyazlarning kattasi ulug’ Knyaz, qolganlari viloyat Knyazlari deb atalgan; 2) avloddan-avlodga o’tgan faxriy zodagonlar unvoni; podsho tomonidan alohida xizmat ko’rsatgan amaldorlarga ham in’om qilingan (XVIII asrdan).