Koalitsiya

Koalitsiya (lotincha coalition-ittifoq)-1) xalqaro munosabatlarning ayrim masalalarida birgalikda ish ko’rish haqida o’zaro ahdlashgan davlatlarning siyosiy yoki harbiy ittifoqi (masalan, davlatlarning 2-jahon urushidagi gitlerchilarga qarshi Koalitsiyasi); 2) bir necha siyosiy partiyalarning shu partiyalar vakillaridan iborat hukumat tuzish to’g’risidagi kelishuvi.