Kommuna

Kommuna (lotincha communis-umumiy)-1) o’rta asrlarda G’arbiy Yevropada shahar Kommunasi-feodaldan o’zini o’zi boshqarish huquqini qo’lga kiritgan jamoa. X-XIII asrlarda shaharliklarning senorlarga qarshi kurashi natijasida shakllangan. Janubiy Fransiya shaharlari qon to’kilishlarsiz ozodlikka erishgan bo’lsa, Shimoliy Fransiya (Amyen, Lan, Bove, Suasson va boshqalar) va Flandriya (Gent, Bryugge, Lill) shaharlari uzoq va og’ir kurashlardan so’ng mustaqillikni qo’lga kiritdi. Shaharliklar o’zlari orasidan kengashni, uning rahbari-merni va boshqa mansabdor shaxslarni saylashgan, mustaqil sudga ega bo’lganlar, harbiy qo’shin, moliya, soliq masalalarida erkin ish ko’rganlar. Shimoliy va O’rta Italiya shaharlari (Venetsiya, Genuya, Siyena, Florentsiya, Lukka, Ravenna, Bolonya va boshqalar) IX-XII asrlarda Kommunalarga aylangan.