Komorniklar

Komorniklar (slavyancha)-XIII-XIX asrlarda Ukraina, Belorussiya, Litva va Polshada na yer, na uyga ega bo’lgan eng kambag’al dehqonlar va shaharliklar. Ularga taqdim etilgan boshpana (komorka) uchun xo’jayinga turli majburiyatlarni bajarishgan.