Konfederatsiya
Konfederatsiya (kechki lotincha confederation-ittifoq, birlashma)-davlat tuzilishining bir shakli; unga ko’ra, Konfederatsiyani tashkil qilgan davlatlar o’z mustaqilligini to’la saqlab qoladi, o’z davlat hokimiyatini tuzadi; maxsus birlashgan organlar esa muayyan (harbiy, tashqi siyosiy) maqsadlarda harakatlarni muvofiqlashtirish uchungina tuziladi. Konfederatsiya eng kam uchraydigan davlat tuzilishidir. Hozirgi dunyoda faqat bitta Konfederatsiya-Yevropa Ittifoqi mavjud.