Konxa
Konxa (yunoncha konce-chag’anoq)-bino tepasi (gumbaz osti, bagali, poygumbazi)ni yopish uchun xizmat qiladigan qubba (apsida, ravoq). Sharq ellin me’morchiligida vujudga kelgan. Rim va Vizantiya me’morchiligida, o’rta asr xristian ibodatxonalari qurilishida keng qo’llanilgan. Konxa ko’pincha koshin va naqshlar bilan bezatilib, unga xristian avliyolari tasviri tushirilgan.