Krematsiya

Krematsiya (lotincha cremation-yoqish)-murdalarni yoqish, ko’plab qadimgi xalqlarda, buddizm va hinduizmga e’tiqod qiluvchi xalqlarda keng tarqalgan. Eng qadimgi davrlardan ma’lum. Ibtidoiy odamlar bu ishni marhumni narigi dunyoda ilohlar himoyasiga olishi uchun qilishgan degan qarash mavjud. Qadimgi Yunoniston, Qadimgi Rimda ham keng tarqalgan. Xristianlikda Krematsiya majusiylik belgisi sanalgan, shu bois mazkur dinning keng yoyilishi Krematsiya o’rnini yerga ko’mish egallashiga olib keldi. Buyuk Karl 785 yili Krematsiyani taqiqladi, buyruqqa bo’ysunmaganlarni o’lim jazosi kutardi.