Missionerlik
Missionerlik (lotincha mission-topshiriq, vazifa so’zidan), tabshir, mubashshirlik-biror dinga e’tiqod qiluvchi xalqlar orasida boshqa bir dinnig targ’ib qilish. Missionerlik, asosan, xristianlikka xos. IV asrdan paydo bo’lgan. XIII-XVI asrlarda xristian Missionerliki Hindiston, Xitoy, Yaponiyaga kirib bordi. Katolik cherkovida Missionerlik, Ispaniya va Portugaliya imperiyalari tashkil topgach (XV-XVI asrlar), faoliyatini kuchaytirdi. Missionerlik Rim imperiyasiga yangi yerlarni o’z ta’siri ostiga olishda katta yordam berdi. Katolik Missionerlikiga rahbarlik qilish uchun papa Grigoriy XV 1662 yili Diniy targ’ibot kongeratsiyasini ta’sis etdi. Missionerlik XIX asrda faollashdi, ayniqsa, xristian missionerlari Afrikada faoliyatlarini kuchaytirdilar va o’z mamlakatlarining siyosatini o’tkazishga yordam berdilar.