Monastirlar

Monastirlar (yunoncha monasterion-monaxlar maskani)-cherkovning muayyan yo’l-yo’riqlari asosida birgalikda yashovchi monax (rohib)lar jamoasi; monaxlar jamoasi foydalaniladigan ibodatxona, turarjoy va xo’jalik binolari majmui. Birinchi buddistlar Monastirlari miloddan avvalgi 1-mingyillik o’rtalarida Hindistonda paydo bo’lgan. Bunda Monastirlari keyinchalik Birma va Tailand (II-III asrlar)a, Vyetnam va Xitoy (IV asr)da, Koreya va Yaponiya (VI-VIII asrlar)da hamda Indoneziya (VII asr)da vujudga keldi. Xristian Monastirlari esa dastlab III-IV asrlarda Misrda, so’ngra Rim imperiyasi (IV-V asrlar)da, keyinchalik Yevropada yuzaga kelgan. Monastirlar yirik yer egalariga aylanib, diniy mafkura markazi bo’lib qolgan.