Nasx

Nasx-xattotlik uslubi, arab yozuvidagi mumtoz xat uslublaridan biri. X asrda kufiy yozuvi zaminida yaratilgan, ixtirochisi Ibn Mukla. Kufiy yozuvini kitobat san’atidan butunlay siqib chiqargani uchun shu nom bilan atalgan. (Nasx so’zi “o’chirish”, “bekor qilish” degan ma’noni anglatadi). Harflarning 4/6 qismi egri va 2/6 qismi to’g’ri chiziqlar asosida yoziladi.