Natural xo’jalik
Natural xo’jalik (lotincha natura-tabiat so’zidan)-o’z ehtiyojlarini o’zi yaratgan mahsulot va xizmatlar bilan qondiradigan xo’jalik. Natural xo’jalik qo’l mehnatiga asoslanadi, mehnat unumdorligi past bo’lgan ko’hna mehnat qurollari ishlatiladi. Natural xo’jalikning kengayishi yangi resurslarni jalb etish, masalan, yangi yerlarni ochib ekin maydonlarini kengaytirish, molar sonini ko’paytirish, ishlovchilar sonini orttirish orqali amalga oshiriladi. Bu xo’jalikda pul munosabati bo’lmaydi, yaratilgan mahsulotni xo’jalikning o’zi xonaki qayta ishlaydi. Tovar-pul munosabatlarining rivojlanishi Natural xo’jalik miqyosini qisqartiradi, so’ngra amalda to’liq siqib chiqaradi. Lekin uning ayrim unsurlari jahon iqtisodiyotida saqlanib kelmoqda.