Naqqoshlik, Naqshkorlik

Naqqoshlik, Naqshkorlik (arabcha-naqsh ustasi, bezak, gul yaratuvchi usta)-amaliy san’atning qadimgi sohasi; naqsh yaratish kasbi. Naqqosh usta qog’ozga yoki matoga naqsh mujassamotini yoki naqsh taqsimini chizib oladi (ayniqsa, girih va islimiy kabi murakkab naqshlarda), axta, andoza tayyorlaydi. Amaliy san’at ustalari 2 xil usulda bezak yaratadilar: naqqoshlar tayyorlagan axta, andoza yordamida hamda naqsh (gul) to’g’ridan-to’g’ri bezash jarayonida ustalar tasavvurining mahsuli sifatida yaratiladi. O’rta Osiyo hududidagi me’moriy yodgorliklar, arxeologik qazilmalar Naqqoshlikning bu yerda qadimdan rivojlanganini ko’rsatadi. Naqqoshlik, ayniqsa, o’rta asrlarda (IX-XII, XIV-XV, XVIII-XIX asrlar) keng tarqaldi.