Neolit

Neolit (neo… va yunoncha lithos-tosh)-yangi tosh davri, tosh davrining so’nggi bosqichi. Osiyo va Yevropa mintaqalarida qayd etilgan va qazib o’rganilgan. Neolit davri osoriatiqalarining aksariyati miloddan avvalgi 6-3-mingyilliklar bilan sanaladi. Tosh davrining bu yangi bosqichi qariyb 3 ming yil davom etgan. Neolit davrida odamzodning turmush tarsi va iqtisodi hayotida bir qator yirik tub o’zgarishlar sodir bo’ladi. Ovchilik va terimchilik kabi tabiatga boqim hayotiy mashg’ulotlar negizida ibtidoiy dehqonchilik va xonaki chorvachilik yuzaga kelib, kishilik tarixida ilk bor dastlabki ishlab chiqaruvchi xo’jaliklarga asos solindi. Sopoldan idish-tovoqlar yasash-ilk kulollik, suyak va hayvon shoxlaridan duk, igna, bigiz va urchuq toshlar hamda oddiygina yog’och dastgohlari yasash, ip yigirish, baliq ovi to’rlarini to’qish va xonaki to’qimachilik yuzaga keladi. Chaqmoqtoshlardan turli xil mayda va yirik maxsus (o’q-yoy va nayza paykonlari, parma, pona, arra, bolta, o’roq, o’roqranda) qurol hamda asboblar yasalib, tosh qurollar yasash uslubiyati takomillashdi.