Neandertallar
Neandertallar-qadimgi qazilma odamlar, paleoantrollarning bir guruhi. Neandertallar skelet qoldiqlari (bosh miya qutisi, qovurg’alarning bo’laklari, yelka hamda son suyaklari va boshqalar) 1856 yili Neandertal vodiysida (Germaniyaning Dyusseldorf shahri yaqinida; nomi shundan olingan), shuningdek, Osiyo va Afrikada topilgan. Neandertallar bo’yi uncha baland bo’lmagan (160 santimetrga yaqin), miyasi yirik (1700 santimetr3), lekin hozirgi odamlarnikiga nisbatan sodda tuzilgan, ko’zining ustida qalin bo’rtig’i bo’lgan. Neandertallar bundan 200-35 ming yil avval-vyurm muzligi davrida G’arbiy Yevropada, odatda, g’orlarda yashab, yirik hayvonlarni ovlashgan, qurollar yasashgan. Olov yoqishni va undan foydalanishni bilishgan, to’da bo’lib hayot kechirishgan.