XALQARO STANDARTLASHTIRISH TASHKILOTI

XALQARO STANDARTLASHTIRISH TASHKILOTI (XST) butun jahon mamlakatlari uchun umumiy bo’lgan (xalqaro) standartlarni ishlab chiqish hamda standartlashtirish sohasida jahon miqyosida hamkorlik qilish bi- lan shug’ullanadigan nodavlat tashkilot. Londonda 1946 yil ta’sis qilingan. Idorasi Londonda joylashgan. Xalqaro standartlashtirish tashkilotiga 90 mamlakatning standartlashtirish milliy tashkiloti a’zo (2004). O’zbekiston Respublikasi standartlashtirish va sertifikasiyalashtirish davlat qo’mitasi (2002 yil noyabrdan “O’zstandart” agentligi) 1992 yil martdan a’zo.