Optik lokatsiya

Optik lokatsiya — optik diapazondagi elektrmagnit to’lqinlar yordamida uzoqdagi ob’yektlarni topish, koordinatalarini o’lchash, shaklini aniqlash jarayonlari majmui. Optik lokatorlar yordamida amalga oshiriladi. Ularda zondlovchi nurlagich sifatida lazer qo’llaniladi. Optik lokatorlar radiolokatorlarta nisbatan o’lchash aniqligini bir necha marta oshirishga imkon beradi.