ORANGLAUTLAR
ORANGLAUTLAR (malayyacha orang — laut, aynan — dengiz odami) — Janubiy- Sharqiy Osiyoning dengiz ko’chmanchilari, dengiz lo’lilari, dengiz xalqlari (bajao, maukenlar, illaunlar, obianlar va boshqalar). Baliq ovlash va dengizchilik bilan shug’ullanadilar. 40 ming kishidan ziyod (1992). Malayya va boshqa tillarda so’zlashadilar.