Restavratsiya

Restavratsiya (lotincha restauratio — tiklash) — buzilgan, shikastlangan yoki vayron bo’lgan tarixiy va madaniy yodgorliklar (alohida me’moriy inshootlar va ularning majmualari, tasviriy va amaliy bezak san’ati asarlari, arxeologik topilmalar va boshqalar)ni asliga o’xshatib yoki asliga yaqinlashtirib qayta tiklash va mustahkamlash.