Reometr
Reometr (lotincha reos — oqim va metro — o’lchayman) — gaz sarfini o’lchash uchun mo’ljallangan asbob. Ishi kapillyar naychadagi yoki boshqa drossellovchi (bosimni pasaytiruvchi) qurilmadagi gazning sarfi bilan chiziqli (bevosita) bog’liq bo’lgan gaz bosimining pasayishi (bosimlar farqi) ni o’lchashga asoslangan.