Rufiji

Rufiji — Tanzaniyadagi daryo. Nyasa ko’lidan Sharqda joylashgan tog’lardan boshlangan Luvegu va Kilombero daryolarining qo’shilishidan hosil bo’ladi. Uzunligi Luvegu irmog’ining boshlanish joyidan 1400 kilometr, havzasining maydoni 178 ming km2. Hind okeanining mafiya dengiziga quyiladi. O’rtacha suv sarfi 1100 m3/sek. Martdan may oyigacha suvi ko’payadi. Quyi qismida kema qatnaydi.