Vuppertal

Vuppertal — GFR dagi shahar. Shimoliy Reyn-Vestfaliya yerida, Vupper daryosi bo’yida. Aholisi 372,4 mingdan ziyod kishi (1990-yillar o’rtalari). Muhim transport yo’llari tuguni. Germaniyadagi to’qimachilik sanoatining yirik markazi. To’qimachilik mashinasozligi, elektrotexnika asboblari, kimyo-farmasevtika, qog’oz, rezina sanoati rivojlangan. Vuppertal 1929-30 yillarda barmen, Elberfeld va boshqa shaharlarning qo’shilishidan vujudga kelgan.