Vindxuk

Vindxuk — Namibiyaning poytaxti, dengiz satxidan 1600 metr balandlikda joylashgan. Aholisi 114,5 ming kishi (1999). Muhim temir yo’l va avtomobil yo’llari tuguni. Temir yo’l orqali Atlantika okeani sohilidagi Uolfish-Bey porti bilan bog’langan. Xalqaro aeroport bor. Vindxuk Qorako’l teri savdosining markazi. Oziq-ovqat sanoati (vino, likyor ishlab chiqarish), tayyor qismlardan avtomobil yig’uv korxonalari, tikuvchilik fabrikalari bor.