Vino toshi

Vino toshi, S4N5O6K – tuz, kaliy gidrotartrat. Uzum sharbatida bo’ladi. Musallas tayyorlashda uzumni bijg’itish paytida ajralib, achitqi bilan aralash cho’kib qoladi. Vino toshidan vino kislota olinadi. To’qimachilikda, non yopishda va boshqa sohalarda ishlatiladi.