Ventyan

Ventyan — Laos poytaxti, Mekong daryosining chap sohilidagi port. Aloida ma’muriy birlik qilib ajratilgan. Aholisi 531,8 ming kishi (1990-yillar o’rtalari). Ventyanga 13-asrda asos solingan. 16-18-asr boshlarida (vaqt- vaqti bilan) Lansang davlatining poytaxti, 1899 yildan Frantsiya Laosi ma’muriy markazi, 1946-75 yillarda Laos Qirolligining poytaxti bo’lgan. 1975 yil dekabrdan Laos Xalq demokratik Respublikasi poytaxti. Ventyanda davlatning asosiy oliy organlari joylashgan. Mamlakatning muhim savdo markazi. Avtomobil yo’llari va Mekong daryosi orqali qo’shni mamlakatlar bilan bog’-langan. Aeroport bor. Mamlakatning deyarli barcha import va eksporti Ventyan orqali o’tadi. Sanoati sholi oqlovchi, ko’n, ip gazlama va shoyi, kimxob, mebel ishlab chiqaruvchi mayda korxonalardan iborat. Universitet, intitutlar, milliy kutubxona, muzeylar bor. Me’moriy yodgorliklari: Frakeo (1565), Sisaket (1820) ibodatxonalari, qirol saroyi va boshqalar.