Vaja Pshavela
Vaja Pshavela (taxallusi; asl ismi Luka Pavlovich Razikashvili) [1861. 14 (26). 7, Chargali qishlog’i — 1915.27.6 (10.7), Tbilisi] — gruzin yozuvchisi. Ijodi 80-yillarning o’rtalaridan boshlangan. “Aluda Ketelauri” (1888). “Mehmon va mezbon” (1893), “Baxtrioni” (1892), “ilonxo’r” (1901) dostonlarida zamonasining umuminsoniy ahamiyatga molik falsafiy va axloqiy muammolari o’z ifodasini topgan. Vaja Pshavela 40 ga yaqin doston, 400 ga yaqin she’r, bir necha pyesa, hikoyalar, etnografik, ilmiy va publitsistik maqolalar yozgan.