Varinon teoremasi

Varinon teoremasi – muayyan sistemaning kuch momentlari bilan ularning teng ta’sir etuvchilari orasidagi bog’lanishni ifodalaydigan teorema, mexanika teoremalaridan biri. Frantsuz olimi P. Varinon ta’riflagan va isbotlagan (1687). Varinon teoremasiga muvofiq, agar kuchlar tizimiga teng ta’sir etuvchi kuch R ga ega bo’lsa, istalgan markaz D (yoki o’q z) ga nisbatan teng ta’sir etuvchi kuch momenti Ma(L) o’sha markaz o (yoki o’q z)ra nisbatan tashkil etuvchi kuchlar momentlari M0(G’) yig’indisiga teng bo’ladi. Matematik tarzda quyidagicha ifodalanadi: L/0(L)=XL/”(G’0 yoki M,(K)=M,(G’). Varinon teoremasi mexanik (ayniqsa, statika), materiallar qarshiligi, inshootlar nazariyasi va boshqa sohalar masalalarini yechishda qo’llaniladi.