Varistor
Varistor (inglizcha vari (able) — o’zgaruvchan va (resi) stor — qarshilik) — yarimo’tkazgichli inersiyasiz rezistor. Elektr o’tkazuvchanligi qo’yilgan kuchlanishga bog’liq bo’ladi. Kuchlanish ko’payishi bilan Varistorning qarshiligi kamayadi, zanjirdan o’tayotgan tok oshib boradi. Varistor kremniy karbid (SiC) kukunidan yasaladi. Varistorga kumush (Ag), alyuminiy (A1) va mis (Si) elektrodlar o’rnatiladi. Varistordan elektron-hisoblash mashinalarida, aloqa liniyalarida foydalaniladi. Past voltli Varistor kuchlanish stabilizatori sxemasida qo’llaniladi.