Vasilev Vitaliy Anatolevich

Vasilev Vitaliy Anatolevich (1939.28.12, Toshkent) — balet artisti, O’zbekistan xalq artisti (1974). Toshkent xoreografiya bilim yurtini tugatgan (1958). 1958-60 yillarda Saratov opera va balet teatrida, 1960-64 yillarda Qozoq opera va balet teatrida, 1964-79 yillarda Navoiy teatrida balet solisti. 1979 yildan Navoiy teatri balet truppasida repetitor-pedagog. Ijro etgan partiyalarida mumtoz raqs shakllarini o’zbek millim xoreografiyasi harakatlari bilan uyg’unlashtirib, qahramonning ichki dunyosini ustalik bilan ifodalagan. Qaxramonona, hajviy, lirik-romantik va xarakterli partiyalarni mohirona ijro etgan. Eng yaxshi partiyalari: don Juan (“don Juan”), Zigfrid (“Oqqush ko’li”), Spartak (“Spartak”), Suhayl (“Suhayl va mehri”), Mirza Izzat (“Sevgi tumori”), Temur Malik (“Sevgi va shamshir”), usta (“Tanavor”), Antoniy (“Antoniy va Kleopatra”) va boshqalar. Hamza nomidagi O’zbekistan Davlat mukofoti laureati (1970).