Jamoluddin Atoulloh, Jamol al-Husayniy
Jamoluddin Atoulloh, Jamol al-Husayniy (?-1511) — xurosonlik tarixchi. Hirotda yashab ijod etgan. Birmuncha vaqt Husayn Boyqaroning vaziri ham bo’lgan (laqabi Atoulloh Sheroziy). Tarixiy asarlar yozgan. Ulardan eng muhimi “Kitob al-ahbob fiy Siyari an-Nabiy val-ol val-Ashob” (“Payg’ambarimiz sallallohu alayhi va sallam, ul zot- ning xonadonlari va sahobai kiromlari xususida do’stlar kitobi”) nomli asaridir. Bu asar Turkiyada qayta-qayta nashr etilgan, qo’lyozma nusxasi Londonda saqlanadi.