Jamg’armalar

Jamg’armalar — 1) xarajatlardan, chiqimlardan orttirib, tejab to’plangan pul; 2) kelgusidagi ehtiyojlar uchun daromadning bir qismini ajratib qo’yish; 3) doimiy badallar va reinvestitsiya yo’li bilan kapital qo’yilmalarni pul ko’rinishida jamlash; 4) pul va moddiy vositalarni ma’lum bir maqsad yo’lida foydalanish uchun jalb etish (Masalan, pensiya jamg’armasi, investitsiya jamg’armasi); 5) ma’lum bir faoliyat turiga, kishilarning muayyan ijtimoiy guruhiga ko’maklashish maqsadida tuzilgan tashkilot; 6) aktsiyalar nazorat paketini qo’lga kiritish maqsadida, narxiga ta’sir etmagan holda ularni doimiy ravishda sotib olish.