Jand

Jand — Sirdaryoning quyi oqimida joylashgan o’rta asr shahri. Xorazmshohlar davlatining Sharqiy istehkomi hisoblangan. Bu yerlarni Saljuq bosib olmasdan oldin ham, Sirdaryo etagi qipchoqlar qo’lida mustaqil o’lka (mulk) bo’lgan. 12-asr o’rtasiga kelib, Jand bilan Forob oralig’i butunlay Xorazmshohlar (Takash) qo’liga o’tgan. Xorazmshohlar Janddan turib qipchoqlar yeriga harbiy yurishlar qilgan. O’sha davrda Orol dengizi ham Jand ko’li deb atalgan. 1220 yil Jandni Jo’jixon egallagan. S. P. Tolstoe tadqiqotlari Jand Qozog’istonning Qizilo’rda shahri yaqinidagi Janqal’a xarobalari o’rnida bo’lganligini ko’rsatadi.