Jo’ja
Jo’ja — tovuq va boshqa parranda palaponi. Tovuq Jo’jalari 1 kunligida 35-40 gramm, 1 oyligida 240-270 gramm, 2 oyligida 550— 600 gramm, 3 oyligida 900-1100 gramm, 4 oyligida 1200-1500 gramm, 5 oyligida 1500— 1800 gramm bo’ladi. Go’sht (broyler) yo’nalishidagi tovuq zotlarning 7-8 haftalik Jo’jalari vazni 1,5—1,8 kilogrammga yetadi. Jo’jalar 2 oylikkacha katakli batareyalarda yoki poliga poxol to’shalgan xonalarda saqlanadi, 4-5 kunligidan boshlab iliq kunlarda yayratish maydonchasiga, keyinchalik maysazorlarga chiqarib turiladi. Xonaki usulda boqishda Jo’jalarga birinchi haftada suvda qaynatib pishirilgan tuxum, tvorog, ko’k barra piyoz yoki sarimsoq mayda to’g’rab beriladi. Katakli batareyalarda har 1m2 ga 1 — 20 kunlik Jo’jalardan 25-30; 21-40 kunligidan 15-20 va 41-60 kunligidan 9-12 ta; poliga poxol to’shalgan xonalarda har 1m2 ga 1-30 kunligidan 8— 24; 30-60 kunligidan 16-18 ta joylashtiriladi. Xonaning harorati birinchi 20 kunlikda 29-22°, 21-40 kunligida 20-18°, 41-60 kunlikda 17-16° bo’lishi kerak. 2 oylik makiyon Jo’jalar jo’jaxo’rozlardan ajratilib, yayratish maydonchasining atrofi simto’r bilan o’ralgan xonalariga, yengil tipda qurilgan ayvonlarga o’tkaziladi. Jo’jalar maxsus tayyorlangan aralash ozuqa berib bo-qiladi. Birinchi oyda har 2 soatda, ikkinchi oyda har 3 soatda, keyinchalik kuniga 2-4 marta don va aralash ozuka berib turiladi. Sayfiddin Azimov.