Jo’ja

Jo’ja — qushlarning bolalik davri, tuxumdan chiqqandan to jinsiy voyaga yetgungacha bo’lgan davr. Tuxumdan chiqqan Jo’janing rivojlanish darajalariga binoan qushlar Jo’ja ochuvchi va jish jo’ja (palapon) ochuvchi guruhlarga bo’linadi. Jo’ja ochuvchi kuiiar tuxumidan chiqqan jo’jalarining ko’zi ochiq, tanasi pat bilan qoplangan, mustaqil yurish qobiliyatiga ega. Bu guruhga tuyaqushlar, tovuqsimonlar, suvmoshaklar kiradi. Jish jo’ja ochuvchi qushlar palaponi ojiz, ko’zi yumuq, tanasi yalang’och bo’lib, ularni uzoq vaqt ota-onasi boqadi. Bu guruhga chumchuqsimonlar, qizilishtonlar, qaldirg’ochlar va boshqalar kiradi. Boyqushlar va kunduzgi yirtqichlar jish jo’ja ochuvchi bo’lsa ham palaponlari pat bilan qoplangan va ko’zi ochiq bo’ladi. Turli qushlarda jo’jalik davri ham turlicha, masalan, mayda chum-chuqsimonlarda 8-12 oy, kunduzgi yirt-qichlarda 1 yildan ortiq, yirik qushlar — baliqchilar, gagaralar, burgutlar, g’oalarda 3 yilgacha.