Jo’rayev Xayrulla Ravshanovich
Jo’rayev Xayrulla Ravshanovich (1945.20.1, Zomin tumani) — kinorejissyor. O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan san’at arbobi (1983). ToshDUning jurnalistika fakultetini tugatgan (1970). O’zbekiston ilmiy-ommabop va hujjatli filmlar kinostudiyasida rejissyor, muharrir, bosh muharrir (1976-87). “Videofilm” markazining direktori (1988— 89). Prezident devonida mas’ul xodim (1990-92), O’zbekiston Respublikasi Davlat kinokompaniyasining raisi (1992-93), O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi (1993-96), 1996 yil 1 noyabrdan O’zbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vaziri. Qisqa metrajli: “Ahmatovlar oilasi”, “Abdumannon Umarov”, “Abdulla Qodiriy”, “Hamid Olimjon” va boshqalar; to’la metrajli: “fuqaro”, “barcha fazilatlar senda mujassam”, “Afg’oniston, 85-yil kuzi”, “ikki million tanish chehra” (M. Qayumov bilan hamkorlikda) va boshqa filmlar yaratgan. “Do’stlik” ordeni bilan mukofotlangan (2000).