“Jome ul-ulum”

“Jome ul-ulum” (“ilmlar maj- muasi”) — Faxruddin ar-Roziy (1149— 1210) tomonidan Xorazmshox, Elarslon (1172-93) ga atab yozilgan asar. 60 ilm (bob) dan iborat, unda shariat qonun- qoidalari bilan birga dunyoviy ilmlar xaqida ma’lumot berilgan. Uning tarix, grammatika, aruz, qofiya, she’r tuzilishi, mantiq, tabobat, ovchilik, mineralogiya, dehqonchilik, matematika, topografiya, harbiy fan, astronomiya, axloq, siyosat, shatranjga oid ilm (bob)lari muhim axamiyatga ega. Asar 1913 yil Toshkentda toshbosmada chop etilgan. Nusxasi O’zbekiston Fanlar Akademiyasi Sharqshunoslik institutida saqlanadi (inv. № 2923)