Juma

Juma — Samarqand viloyatidagi shahar (1973 yildan). Pastdarg’om tumani markazi. 1893-96 yillarda temir yo’l stantsiyasi qurilishi munosabati bilan vujudga kelgan. Shahar Janubdan Toshkent — Buxoro avtomobil yo’li o’tgan. Samarqand shahridan 25 kilometr shimoli-g’arbda. Aholiso 26 ming kishi (1999). Jumada paxta tozalash, tuzatish mexanika zavodlari, “ilg’or” kombinati, 2 ta MTP, avtomobil-avtobus parklari, don bazasi (tegirmoni bilan) bor. Jumadan Toshkent, Samarqand, Kattaqo’rg’on va Qarshi yo’nalishlari bo’yicha avtobus qatnaydi. Jumada eski Juma (1890) va Nurulislom (1993) jome masjidlari faoliyat ko’rsatadi. Shaharda 3 umumiy ta’lim maktabi, amaliy va tasviriy san’at litseyi, 300 o’rinli qishloq xo’jalik kasb-hunar litseyi, yoshlar va o’smirlar sport maktabi, Mehribonlik uyi, 3 kutubxona, 2 madaniyat uyi, madaniyat va istirohat bog’i, 3 bog’cha-gimnaziya, 1941-45 yillar urushi qatnashchilariga qo’yilgan yodgorlik bor.