Jumaduqxon

Ma’nosi

Jumaduqxon (? – 1428) – Dashti Qipchoqning Sharqiy qismini idora etgan qozoq xoni. Shayboniylardan. Abulxayrxon yoshligida Jumaduqxon huzurida tarbiyalangan, lekin keyinchalik unga qarshi qurolli kurash olib borgan isyonkor amirlarga qo’shilgan. Jumaduqxon qo’shini jangda tor-mor qilinib, o’zi halok bo’lgan. Uning o’rniga taxtni Abulxayrxon egallagan. Mas’ud ibn Usmon Ko’histoniynmj yozishicha, Jumaduqxon Shaybon urug’idan chiqqan shavkatli podshohlardan bo’lib, qo’shin tuzilishi va davlatni boshqarish ishlarida shijoat ko’rsatgan.

O‘xshash so‘zlar

J harfi: barcha so‘zlar