Joul qonuni

Joul qonuni – ideal gaz ichki energiyasining faqat temperaturaga bog’liq bo’lib, hajmga bog’liq emas, deb hisoblanadigan termodinamika qonuni. J. P. Joul 1843 yilda aniqlagan. Ideal gaz uchun o’zgarmas hajmdagi molekulyar issiqlik sig’imi S temperatiraga bog’liq T bo’lmasa, i = hsјt = CJ formula bilan ifodalanadi. Bunda U— ichki energiya, T— temperatura. Joul qonuni ideal gaz uchun to’g’ri bo’lib, real gazlarga tatbiq qilinganda bir oz xatoga yo’l qo’yiladi. Shunga qaramay, texnik hisoblashlarda keng tatbiq qilinadi. Joul qonuni yuqori t-ralarda tatbiq qilinganida molekulalarning tebranma harakati va ularning atomlarga ajralib ketishi natijasida issiqlik sig’imi S ning ortishini hisobga olish kerak.