Janubiy bug
Janubiy bug — Ukrainaning Janubiy- g’arbidagi daryo. Uzunligi 806 kilometr. Havzasining maydoni 63,7 ming km2. Volin-Podoliya qirlaridan boshlanib, qora dengizining bug limaniga quyiladi. Mavsumiy qor va yomg’irlardan suv oladi. O’rtacha suv sarfi quyilish joyida 90 m3/sek. Suvi sug’orishga sarflanadi. Noyabrning boshidan yanvarning o’rtalarigacha muzlaydi. Asosiy irmoqlari: o’ngda — bakshala, Volk, zgar, rov, Kodima, Savranka, Chichikleya, chapda — sob, Sinyuxa, Mertvovod, Ingul. Vinnisa shahri yaqinida va Voznesensk shahridan kema qatnaydi. Janubiy bug sohilida Nikolayev, Pervomaysk, Vinnitsa, Gayvoron, Xmelniskiy shaharlari bor. GES qurilgan.