Jom

Jom — Samarqand viloyati Nurobod tumanidagi soy. Zarafshon tog’ tizmasining tarmog’i — Qoratepa tog’ining g’arbiy yon bag’ridan boshlanib, Jom cho’li bo’ylab oqadi va Ayritomsoyga quyiladi. Uzunligi 20 kilometr. Jomga yuqori qismida juda ko’p mayda soy kelib qo’shiladi. Bu qismida vodiysi tor, yon bag’irlari tik. Tekislikka chiqqach, vodiysi kengayadi, ikkita ko’hna qayir (terrasa) hosil bo’lgan. Soyning o’zani sel keltirgan shag’al va xarsang toshlar bilan qoplangan. Asosan mavsumiy yomg’ir va buloq suvlaridan to’yinadi. Bahor oylaridagi suv sarfi 3 m3/sek., yozda esa kamayadi, quyi oqimida umuman qurib qoladi.