Jon vafo Mirzo, jon Vafobiy

Jon vafo Mirzo, jon Vafobiy (?— 1510— Shayboniyxonning lashkar boshilaridan biri; Nayman qabilasidan. 1486 yil Sulton Husayn Boyqaro mulki bo’lgan Xorazmga, xususan, shahri vazirga chopqun uyushtirilganda Jon vafo Mirzo shayboniylardan Iboqxondan ajralib Shayboniyxonga qo’shilgan. Shayboniyxon Movarounnahrga bostirib kelganda, Jon vafo Mirzoni Samarqand dorug’asi etib tayinlagan (1500). Jon vafo Mirzo ilgari Xo’ja Yah’yo (Xo’ja Ahrorning o’g’li)ga tegishli uyga joylashgan. Bobur Shayboniyxonni asosiy kuchlar bilan shahar chetidagi bog’i maydonda ekanligidan va 500-600 askarga ega Jon vafo Mirzoning beparvoligidan foydalanib 1500 yil iyulida, yarim tunda Samarqandni egallab olgan. Jon vafo Mirzo Shayboniyxon huzuriga qochgan. 100 kunlik hukmronlikdan so’ng Bobur Samarqandni tashlab chiqishga majbur bo’lgan. 1507 yil Jon vafo Mirzo Hirot shahri dorug’asi etib tayinlangan. Shoh Ismoil I Safaviyning buyrug’iga ko’ra qatl etilgan. Ad.: Baburname, T., 1993; Boburnoma, T., I960; AXM Edo v B. A. Istorikogeo- Graficheskaya literatura Sredney Azii XVI—XVIII vv. Pismennie pamyatniki, T., 1985; Istoriya Uzbekistana, T., 1993.