Jinsiy jinoyatlar
Jinsiy jinoyatlar – jinsiy erkinlik va dahlsizlikka jinoiy tarzda tajovuz qilish. Jinoyat huquqiga binoan, jamiyatda shakllangan jinsiy axloq qonun-qoidalarini qo’pol ravishda buzgan shaxslar qonunga ko’ra tegishlicha jazolanadi. O’zbekiston Respublikasi JKga muvofiq, quyidagi qilmishlar Jinsiy jinoyatlar sirasiga kiradi: nomusga tegish; jinsiy ehtiyojni zo’rlik ishlatib, g’ayritabiiy usulda qondirish; besoqolbozlik; ayolni jinsiy aloqaga majbur etish; 16 yoshga to’lmagan shaxs bilan jinsiy aloqa qilish. Bu xil jinoyatlar, odatda, jabrlanuvchiga zo’rlik ishlatib, qo’rqitib, ruhiy zaifligidan, yoshligidan foydalanib sodir etiladi. Jinsiy jinoyatlar uchun qattiq jazo belgilangan (O’zbekiston Respublikasi JK 118-121, 128-129 moddalar).