Jizzax “O’ZEKSAYD” qo’shma korxonasi
Jizzax “O’ZEKSAYD” qo’shma korxonasi — 1998 yil “Jizzax akkumulyator” aktsiyadorlik jamiyati negizida O’zbekiston-AQSh hamkorligida 147 million AQSh dollari ustav fondi bilan tashkil etilgan. 2001 yil oxirida Jizzax shahrida ishga tushirildi. Yillik loyiha quvvati 1,0 million dona har-xil turdagi akkumulyatorlar. Mahsulot AQSh ning ilg’or firmalari texnologiyalari asosida ishlab chiqariladi. Ishlab chiqarilgan akkumulyatorlarning yarmini chetga eksport qilish mo’ljallangan.
O‘xshash so‘zlar
- JIZZAX
- JIZZAX VILOYATI
- JIZZAX QO’ZG’OLONI
- Jizzax shahri haqida eshitganmisiz?
- Jizzax «ZILOLATEKS» aktsiyadorlik jamiyati
- Jizzax teatri, Yunus Rajabiy nomidagi Jizzax viloyat musiqali drama teatri


