Jizzax “ISSIQNON” aktsiyadorlik jamiyati

Jizzax “ISSIQNON” aktsiyadorlik jamiyati – “O’zdon mahsulot” davlat aktsiyadorlik korporatsiyasi tizimida faoliyat ko’rsatadi. Jizzax non zavodi 1953 yilda Jizzax shahrida tashkil qilingan. 1994 yilda hozirgi nomdagi aktsiyadorlik jamiyatiga aylantirilgan. Korxona sutkasiga 12 tonna non va non mahsulotlarini ishlab chiqarish quvvatiga ega. Korxonada 20 turdagi non va un mahsulotlari ishlab chiqariladi. Qo’shimcha qandolat mahsulotlari, yaxna ichimliklar va mahsulotning boshqa turlarini ishlab chiqarish yo’lga qo’yilgan. Italiya texnologiyasi asosida makaron mahsulotlari ishlab chiqarish tsexi to’la quvvati bilan ishlaydi (2001).