Jolio-Kyuri (Joliot-Curie) Frederik

Jolio-Kyuri (Joliot-Curie) Frederik (1900.19.3 — Parij — 1958.14.8) — frantsuz fizigi. Xalqaro tinchlik tarafdorlari xarakati asoschilari va rahbarlaridan biri. Ilmiy ishlari yadro fizikasi, yadro kimyosi, yadro texnikasiga oid. I. Jolio-Kyuri bilan birgalikda birinchi bo’lib gamma-kvantdan hosil bo’lgan elektron-pozitron juftlari izining fotosuratini oldilar (1933) va shu yilning o’zida frantsuz fizigi J. Tibo bilan hamkorlikda birinchi marta elektron-pozitron juftlari annigilyasiyasti kuzatdilar. Frantsuz olimlari G. Alban va L. Kovarskixlar bilan hamkorlikda birinchi bo’lib yadro portlashida zanjir reaktsiya bo’lishini isbotlagan (1939), neytron massasining proton massasiga nisbatan bir qancha kattaligini ko’rsatgan (1939). Kol- Lej de Frans yadro fizika va kimyo laboratoriyasida birinchi frantsuz tsiklotronniy ishga tushirgan. 1948 yil 15 dekabrda Jolio-Kyuri rahbarligida Frantsiyada birinchi atom reaktori ishga tushirildi. 1940 yildan Jolio-Kyuri tinchlik tarafdorlari xalqaro Kongressi doimiy qo’mitasining, 1951 yildan esa xalqaro tinchlik Kengashining raisi. Nobel mukofoti (1935), “Xalqaro tinchlikni saqlash uchun” mukofoti (1951) laureati.