Jig’a
Jig’a — bosh kiyim (salla, do’ppi, toj) ustiga o’rnatiladigan bezak, taqinchoq. Tuzilishi qirg’oqlari o’zaro jipslashtirilgan ikki palla yupqa kumushdan iborat bo’lib, yuqori qismida tovus, ukki patlari o’rnatish uchun naychasi bo’lgan, sirtiga bosma naqshlar ishlanib, tilla suvi yugurtirilgan, marvarid, Feruza va boshqa tosh va rangdor shishalar qadab bezatilgan. Jig’a qadimiy bo’lib, yozma manbalarda u haqda ma’lumotlar, miniatyuralarda tasvirlari saqlangan. Qadimdan to’y va tantanalarda, ba’zan “ko’z tegish”dan saqlanish niyatida ham tikilgan. Shox, Shahzoda, bekzodalar taqqan yakka qadaluvchi Jig’a, asosan ayollar do’ppisining ikki chakkasiga qadaladigan qo’shjig’a (Xorazmda ko’proq uchraydi), bolalar bosh kiyimiga “yomon ko’zdan asrash” niyatida qadaladigan qatorjig’a kabi turlari bor. Toshkentda, shuningdek, nikoh to’yida kuyovlar (qizning otasi Sovfa qilgan Jig’ani taqib, ularga ko’rinish bergan), bolalarning sunnat to’yida ularning bosh kiyimlariga Jig’a taqilgan. Shuningdek, ot, tuya va boshqalarga taqiladigan Jig’alar ham bo’lgan, ular, odatda, hayvonlar no’xtasiga qadalgan.