ANTASID MODDALAR
ANTASID MODDALAR (anti … va lotincha aciditas — kislota) — ishqoriy xossaga ega bo’lgan va me’da shirasi tarkibidagi xlorid kislotani neytrallash (bartaraf etish) uchun qo’llaniladigan dorilar. Antasid moddalardan natriy gidrokarbonati, magniy oksidi va boshqa me’da shirasida kislota ko’payib ketgan gastritlarda, me’da va o’n ikki barmoq ichak yaralarida qo’llaniladi.