Janubiy Osiyo
Janubiy Osiyo – Osiyo qit’asi dagi tabiiy oblast. Unga Hindiston va Hindixitoy yarim orollari, Himolay tog’lari, Hind-Gang tekisligi, Malay arxipelagi, shuningdek, Hind okeanining Sharqiy qismidagi vulkan va marjon orollari kiradi. Maydoni 5,1 million km2. Janubiy Osiyoning geologik tuzilishi va relefi har xil. Butun o’lka iqlimi musson tsirkulyasiyasi ta’sirida. Tropik, subekvatorial, ekvatorial ikdim va landshaft tiplari mavjud. G’arbiy qismi cho’llardan iborat. Hayvonot dunyosi asosan Hindiston-Malay fauna oblastiga kiradi. Qishloq xo’jaligida (asosan tekislik qismida) tropik ekinlar va sholi yetishtirish yetakchi o’rinda. Janubiy Osiyo hududida Bangladesh, Butan, Nepal, Hindiston, Maldiv, Pokiston, Shri Lanka davlatlari joylashgan. Ba’zan Janubiy-Sharqiy Osiyo davlatlarini ham Janubiy Osiyo tarkibiga kiritadilar.